Ustozim

"Устознинг ҳақиқий мероси – унинг шогирдлари ва улар орқали давом этаётган илмдир."

Shogirtlar

Ustoz va murabbiy

Mamarajabov Mirsalim

Mirsalim Mamarajabov - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Matematika va ta'limda axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri, dotsent, pedagogika fanlari doktori.

Mirsalim Elmirzayevich 2004-yilda "Kasb-hunar kollejlarida informatika fanining "Amaliy dasturiy ta'minot" bо'limining mazmuni va о'qitish metodikasi" mavzusidagi dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qilgan. 2005 yil 25 fevralda 13.00.02 - ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bо'yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2009 yil 25 mayda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2023 yilda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha "Raqamlashtirilgan ta'lim sharoitida bо'lajak о'qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan.

Umumiy mehnat staji – 51 yil. Mirsalim Mamarajabov 1989-1994 yillarda Nizomiy nomidagi TDPI ning "Fizika-matematika" fakultetining "matematika-informatika" ixtisosligini muvafaqqiyatli tamomlab, 1994-yil о'z ish faoliyatini mazkur institutning "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" kafedrasi katta laboranti lavozimida boshlagan.

1994-1996-yillar kafedraning katta laboranti va о'rindosh о'qituvchisi, "Axborot texnologiyalari markazi" bо'limi boshlig'i lavozimlarida ishlab kelgan. 1997-yil yanvardan 2000-yil yanvarigacha institut(universitet)ning kunduzgi bо'lim aspiranturasida о'qib, uni tugatgach, yana shu kafedraga 2000-yil yanvaridan о'qituvchi lavozimiga ishga qaytgan. 2000-2010-yillarda kafedrada о'qituvchi, katta о'qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab, 2010-2015-yillarda "Informatika va ta'limda axborot texnologiyalari" ("Informatika о'qitish metodikasi") kafedra mudiri, 2015-2020- yillarda informatika va uni о'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020-2021-yillarda Informatika va uni о'qitish metodikasi kafedrasi kafedra mudiri, 2021-2022-yillarda "Informatika" kafedrasi mudiri va 2022-yil 10- fevraldan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Matematika va ta'limda axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Mirsalim Elmirzayevich Mamarajabov nafaqat о'z oliy о'quv yurtida, balki ta'lim tizimidagi boshqa ilmiy tadqiqot mussasalaridagi о'quv-uslubiy, ilmiy-metodik ishlarda ham faol qatnashib keladi.

Jumladan: uzluksiz ta'lim tizimida "Informatika va axborot texnologiyalari" fani mazmuni va uni uzviyligini ta'minlash va takomillashtirish bо'yicha, О'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi qoshidagi Respublika Ta'lim markazidagi "Ta'lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish" bо'limining ilmiy metodologik kengashida a'zo va rais sifatida informatika fanini о'qitish masalalarida o'zining maslahatlari bilan faol qatnashib keladi.

Ta'lim jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida о'qitiladigan fanlar bо'yicha о'quv uslubiy majmua yaratishda, jumladan umumiy о'rta ta'lim maktablari uchun "Milliy о'quv dasturi" ni yaratishda va О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qonun, farmon va qarorlarini ijrosini ta'minlashda foal qatnashib kelayotgani tahsinga loyiq. U Respublika ta'lim tizimiga pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llashda ham tashabbuskor. Jumladan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi "Elektron ta'lim markazi" uslubiy kengashining, Respublika Ta'lim markazida "informatika" fanining uslubiy birlashmasining a'zosi sifatida faoliyat yuritib keladi. 28-may 2012-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o'rta maxsus ta'lim tizimida "Ta'lim jarayonida interfaol ta'lim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish" nomli davriy seminar treningda faol ishtirok etib keladi.

Shogirdlari

Bozorov G'iyosiddin Sa'dullayevich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Abdullayev Botir Baxtiyor

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Kudratov Kozim Karimovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Adinayev Sherzod Sheraliyevich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Mexmonov Rustamxon Yusuf-ug'li

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Yusupova Gulchixra Yuldashovna

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Samandarov Javlon Iskandarovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Muxamadiyeva Feruza Ishnazarovna

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Eshmirzayev G'ulomjon Yusupovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

To'rayev Ro'ziboy Norovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Rasulov Saodaddin Shavkatovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Abdullayev Shaxboz Solijon o'g'li

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Kubayev Ulug'bek Raxmatullayevich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Xayriyev Elyor Ibragimovichning

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Tashimov Nurlan Eshpolatovich

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Photo 1
Photo 2
Photo 3
Photo 4
Photo 5
Photo 6
Photo 7
Photo 8
Photo 9
Photo 10
Photo 11
Photo 12
Photo 13
Photo 14
Photo 15
Photo 16
Photo 17
Photo 18
Photo 19
Photo 20
Photo 21
Photo 22
Photo 23
Photo 24
Photo 25
Photo 26
Photo 27
Photo 28
Photo 29
Photo 30